O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi qariyb 52 mingtaga oshgan
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 160 ming 523 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 51 ming 743 taga oshgan.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi ko‘paydi.
Xususan,
– avtomobil benzini – 563 ming tonna,
– ko‘mir – 2,5 million tonna,
– neft – 383,4 ming tonna,
– gaz kondensati – 655,4 ming tonna,
– yengil avtomobillar – 160 ming 523 dona, avtobus – 483 dona, yuk avtomobillari – 2 ming 166 dona,
– avtomobil dvigatellari – 116,3 ming donaga oshdi.