Porsche eng ishonchsiz brend deb topildi

Porsche eng ishonchsiz brend deb topildi

Buyuk Britaniyadagi kafolat provayderi Warrantywise 2021 va 2022-yillardagi 131 000 kafolat rejalari va mijozlar so‘rovlaridan olingan ma’lumotlarni tahlil qildi. Ushbu ma'lumotlarga asoslanib, kompaniya turli markadagi avtomobillar uchun ishonchlilik reytingini tuzdi. Bu haqda Carscoops yozmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, ko'pincha premium nemis Porsche egalari kafolat uchun murojaat qilishadi. Brend avtomobillari mumkin bo‘lgan 100 balldan atigi 35,1 ball to‘plagan. Eng qiyin holatda, ta'mirlash narxi 13 129 dollarni tashkil etdi.

Ikkinchi qatorni 40,2 ball bilan Britaniyaning Land Rover kompaniyasi egallab turibdi, eng qimmati esa elektr simlarini ta’mirlash bo‘ldi – 29 083 dollar. 48,2 ball to'plashga muvaffaq bo'lgan Yaguar antireytingining kuchli uchligini yopadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu yerda ta'mirlash ancha arzon - 20 684 dollar.

Undan keyingi o‘rinlarda Alfa Romeo (52,4 ball), Audi (58,6 ball), BMW (59,8 ball), Mercedes-Benz (60,4 ball), Vauxhall/Opel (68 ball), Volvo (68,9 ball) va Mitsubishi (69,4 ball) bormoqda.
Shuningdek, maʼlum qilinishicha, Osiyo brendlarining aksariyati jadvalning quyi qismida joylashgan, yaʼni yapon, koreys va xitoy avtomobillari Yevropanikiga qaraganda sezilarli darajada ishonchliroq boʻlgan.

"Premium narxlar premium xarajatlarni qo'zg'atadi, bu Ishonchlilik indeksi ma'lumotlaridan dalolat beradi", dedi Warrantywise rahbari Lawrence Whittaker.

Avvalroq, Consumer Reports tomonidan haydovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra AQSh avtomobillarining ishonchlilik reytingi taqdim etilgandi. Undagi dastlabki uch o'rinni 10 pog'onaga ko'tarilgan Toyota, Lexus va BMW egalladi. Modellar orasida Toyota Corolla Cross va Corolla Hybrid, Lexus GX va MINI Cooper eng yaxshi deb topildi.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#Porsche 911