Prognozlar to‘g‘ri chiqmoqda: "Spark" oshirilgan narxda sotilishi uchun "tuzlab" qo‘yilganmi?

Prognozlar to‘g‘ri chiqmoqda:

"Ijtimoiy tarmoqlarda ochiq maydonlarda jamlangan minglab Spark avtomobillari rasmi tarqaldi.

"UzAuto Motors" bu suratlar allaqachon mijozlar tomonidan shartnoma tuzilgan va keyinchalik mijozga yetkazib berish uchun Angren shahriga yetkazilgan avtomobillar demoqda.

Shaxsan men bu gaplarga ishonmayman. Chunki 20-avgust tong sahar holatiga Spark avtomobili bo‘yicha kontraktatsiya yo‘qligi uchun 50 foiz pulini oldindan to‘lab qo‘yganlar va avtomashina bo‘yicha navbatda turganlar bo‘lmagan.

Aytishlaricha, monopolist Spark bo‘yicha kontraktatsiyani to‘xtatib, sun’iy defitsit yaratib qimmat sotish uchun ishlab chiqarilgan avtomobillarni chetroq maydonlarga yig‘ishni aprel oxiri, may oylari boshida boshlagan.

Bundan kelib chiqadiki, "tuzlangan" Spark'lar konfiguratsiyasi biroz o‘zgartirilib qimmatroq narxda sotuvga qo‘yilgan.

☝️Agar bosim qilishmasa Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur holatni o‘rganishga jur’at topa olsa kerak.

Deputat Rasul Kusherbayev

Мавзу:

#Spark