“Qarshi shahrida kamar masalasi boʻyicha odamlar yigʻilmoqda ekan” sarlavhasi bilan tarqalgan video yuzasidan munosabat bildirildi

“Qarshi shahrida kamar masalasi boʻyicha odamlar yigʻilmoqda ekan” sarlavhasi bilan tarqalgan video yuzasidan munosabat bildirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalari”ning 9-bandida yangi norma kiritilgan boʻlib, unda "Konstruksiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasini boshqarayotgan haydovchi va uning old oʻrindigʻidagi yoʻlovchilar harakatni boshlashdan oldin xavfsizlik kamarini taqib olishlari shart”ligi belgilangan.

Barcha ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda yangi taxrirdagi yoʻl harakati qoidalariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir-necha bor chiqishlar qilindi. Shuningdek, korxona, tashkilot, mahalla va transport uyushmalarida hamda avtomobil yoʻllarida yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan harakat ishtirokchilariga tushuntirish, targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Yangi taxrirdagi yoʻl harakati qoidalariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning asosiy maqsadi avtomobil yoʻllarida sodir boʻlayotgan ogʻir turdagi yoʻl-transport hodisalarini oldini olishga, fuqarolarmizning sogʻligʻi hamda hayotini asrashga, yoʻl-transport hodisalarining ogʻirlik darajasini kamaytirishga qaratilgan.

Joriy yilning 26-may kuni soat taxminan 14:00lar chamasida Qarshi shahar, Islom Karimov koʻchasida joylashagan Transport kolleji roʻparasida, yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi taksi haydovchilari tomonidan norozilik bildirilib, xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga amal qilmasdan sodir etgan qoidabuzarliklarini bekor qilishni soʻrab masʼullarga murojaat bilan chiqishgan.

Maʼlumot oʻrnida, 2022-yil 14-may kuni Islom Karimov koʻchasida “Lochin koʻz-Q” dasturi asosida kameralar oʻrnatilib ushbu kameralar orqali xavfsizlik kamari qoidabuzarliklarini aniqlash ishga tushirilganligi toʻgʻrisida Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining rasmiy sahifasi hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali maʼlumot berilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.