Qirolicha Yelizaveta II ning ilk avtomobili haqida bilasizmi?

Qirolicha Yelizaveta II ning ilk avtomobili haqida bilasizmi?

Joriy yilning 8-sentabr kuni  Angliya qirolichasi 96 yoshida vafot etdi.  Marhum eri shaxzoda Filipp kabi qirolicha ham yoshligidan avtomobillarga mehr qo‘ygan haqiqiy avtoishqiboz edi. 

Yelizaveta II ning garajida  nafaqat  Lend Rover, Yaguar, Rolls-Roys va Aston Martin avtomobillari  bo‘lgan.  Balki uning garajida  Sitroyen avtomobili ham bor edi.

Qirolicha butun umr avtomobillarni qadrlagan.  Avtomobillarga bo‘lgan bu ishtiyoqni u o‘zining  marhum eri shahzoda Filipp bilan  bo‘lishardi.   Unda avtomobillarga bo‘lgan mehrning   paydo bo‘lishiga esa g‘aroyib  Sitroyen elektromobili sabab bo‘lgan.  Qirolicha qachon tug‘ilgan-u,  u paytlarda elektromobil nima qilsin dersiz.    Biroq bu rost.  Qirolicha  bolalik paytlarida   Citroënnette S4 avtomobilini boshqargan. 

Qirollik qarorgohlarining birida joylashgan Sandringem muzeyi yaqin yillargacha qirollik buyumlarining hayratlanarli kolleksiyalarini namoyish qilib kelgan.  Ular orasida, xususan,  Vindzorlarga tegishli 1939-yilda ishlab chiqarilgan bahaybat  o‘t o‘chirish mashinasi “Merryweather”dan tortib  1920-yillarning oxirida ishlab chiqarilgan  jajji

“Citroënnette S4”  gacha bo‘lgan transport vositalari ham mavjud bo‘lgan. 
Citroënnette C4 bu to‘liq elektromobil bo‘lib,  1928-yilda yaratilgan.  Aynan mana shu avtomobilda  qirolicha  Yelizavet II opasi Margaret bilan bolaligida  sayr qilishgan.

Avtomobilning uzunligi 1,9 metrni tashkil etadi. Unga o‘rnatilgan elektrodvigatel esa 12 voltli akkumulator yordamida harakatga keladi.  Elektromobilning  eng yuqori tezligi 15km/s  atrofida. 

1950-yillarda  elektromobil ta’mirga muxtoj bo‘lgan va o‘zining  asl  radiator panjarasi o‘rniga Daimlerning radiator panjarasi o‘rnatilgan.  Chunki aynan mana shu ishlab chiqaruvchi Britaniya qirolligiga ilk   avtomobil yetkazib beruvchi   bo‘lgan.

Keyinroq  avtomobil  shahzoda Charlzga sovg‘a qilingan. Aytgancha   elektromobilga  “shahzoda Charlz” so‘zlarining bosh harflari (Prince Charles va  tug‘ilgan yili)ni anglatuvchi  «PC 1953» davlat raqami berilgan.

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!

Мавзу:

#Қизиқ