Qo‘llangan jarimani kamaytirish mumkinmi?

Qo‘llangan jarimani kamaytirish mumkinmi?

Assalom alaykum! Menga 1 mln 115 ming so‘m jarima keldi. Shuni kamaytirishim mumkinmi? Nogironman, temir davftarda turamiz. Oilaviy sharoitimz og‘ir. Imkoni bormi? Nima qilsam bo‘ladi?

📍JAVOB: 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 33-moddasiga ko‘ra sud ma’muriy jazo chorasini qo‘llayotganda javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda sabablar va asoslarni albatta ko‘rsatib, ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo yoki ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa yanada yengil jazo chorasini qo‘llashi mumkin

Sizning nogironligi bo‘lgan shaxslar toifasiga kirishingiz, temir daftarda turishingiz va moddiy ahvolingizni inobatga olib sud jarima miqdorini kamaytirib berishi mumkin. 

Siz ushbu holatda qo‘llangan jarima miqdorini kamaytirish bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.