Renault Avstraliya bozorini zabt etmoqchi

Renault Avstraliya bozorini zabt etmoqchi

Ma’lumki, Eron Rossiya bilan  hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda.  Renault guruhi esa hamyonbop  Dacia rusumlari bilan  Avstraliya bozorini zabt etishga tayyorlanmoqda. Ushbu avtomobillar Avstraliyada Renault brendi ostida sotilishi ko‘zda tutilgan. Duster ushbu bozorda sotuvga chiqariladigan ilk avtomobil bo‘ladi. Undan keyin esa Bigster hisobiga rusumlar qatori to‘ldiriladi.

Avstraliyada  pikaplarni juda yaxshi ko‘rishadi. Demak, Avstraliya bozoriga Renault  ishlab chiqaruvchisi taklif qiladigan uchinchi avtomobil shubhasiz Duster bazasidagi Oroch pikapi bo‘ladi.  To‘rtinchisi esa Sandero avtomobili.  Yillik hajmi 1,2 million avtomobil savdosini tashkil qiluvchi  Avstraliya bozorida  69 ta  raqobatchi brend mavjud. 

Taqqoslash uchun: 2021-yilda Fransiyada 1,66 millionga yaqin yangi avtomobillar sotilgan.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!