Rossiyaga muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanmoqda

Rossiyaga muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanmoqda

18-iyuldan Moskva, Qozon va Sankt-Peterburg shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi.

18-iyuldan boshlab, haftaning dushanba va payshanba kunlari “Toshkent” avtovokzalidan soat 12:00 da Toshkent–Moskva yo‘nalishida qatnovlar amalga oshiriladi. Mazkur yo‘nalishda chipta narxi –1 000 000 so‘m.

Toshkent–Qozon yo‘nalishida qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari bajariladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 11:00 da harakatlanishni boshlaydi. Chipta narxi – 800 000 so‘m.

Toshkent–Sankt-Peterburg yo‘nalishida qatnovlar haftaning chorshanba va shanba kunlari bajariladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 16:00 da yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishni boshlaydi. Chipta narxi – 1 250 000 so‘m.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.

Мавзу:

#автобус