Rossiyalik milliarderlar ehtiyot qismlarsiz qolmaslik uchun 2 ta bir xil mashina sotib olishni boshladi

Rossiyalik milliarderlar ehtiyot qismlarsiz qolmaslik uchun 2 ta bir xil mashina sotib olishni boshladi

Rossiya bozoridan avtomobil markalarining ommaviy ravishda olib qo'yilishi va hashamatli tovarlarni yetkazib berishning taqiqlanishi fonida, badavlat ruslar hashamatli avtomobillarni "kulrang" sxemalar bo'yicha import qila boshladilar va modellar tanqisligini hisobga olgan holda juft-juft sotib olina boshladi. Financial Times gazetasining "Kremlga yaqin milliarder"ga tayanib yozishicha, kontrabandadan potentsial foyda shunchalik yuqoriki, har qanday sanksiyalarga qaramay, qimmatbaho tovarlar mamlakatga kirib borishda davom etadi.

Nashrga manbaning aytishicha, shu yilning yozida u ma'lum bir Mersedes sotib olmoqchi bo'lgan, ammo izlagan narsasini topa olmagan va o'rniga ikkita bir xil Maybax (ehtimol Mercedes-Maybachni nazarda tutgan) olgan. Agar birinchisi buzilgan bo'lsa, u ta'mirlash uchun ikkinchisidan qismlardan foydalanadi.

Shu oy boshida Rossiya avtomobil sotuvchilari assotsiatsiyasi hisob-kitoblariga ko'ra, yil boshidan buyon rus bozorda mavjud brendlar soni to'rt baravar - 60 tadan 14 taga kamaydi. Ulardan uchtasi mahalliy Lada, UAZ va ​​GAZ, qolganlari Xitoy avtomobil kompaniyalari.

Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!