Samarqand shahriga “King Long” rusumidagi 20 ta yangi avtobus olib kelindi

Samarqand shahriga “King Long” rusumidagi 20 ta yangi avtobus olib kelindi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Samarqand shahrida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transport tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Maroqand trans 777” MCHJ Xitoy Xalq Respublikasining “King Long” avtozavodi bilan 80 dona avtobus sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.

Bugun Samarqand shahriga ushbu avtobuslarning dastlabki 20 tasi olib kelindi. Yangi olib kelingan avtobuslar shahar ichi yo‘nalishlarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan.

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!

Мавзу:

#автобус