Samarqandda ham elektrobuslar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi 

Samarqandda ham elektrobuslar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi 

Samarqand shahrida jamoat transporti  tizimi rivojlantiriladi.  Yangi loyihaga ko‘ra, shaharga 2022-yilda 80 ta, 2023-yilda 100 ta elektrobus olib kelinadi. Katta sig‘imli avtobuslarning qatnovi uchun markaziy ko‘chalarda alohida yo‘lak ajratiladi. 

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni Samarqand shahrida transport tizimini rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishish jarayonida ma’lum qilindi.  Shuningdek, loyihaga  asosan shahar jamoat transporti tarmog‘i magistral, yetkazib beruvchi va ichki yo‘nalishlarga ajratiladi. Hozirgiga qo‘shimcha 40 ta yangi yo‘nalish, xususan, aeroport, vokzal va tarixiy markazlarni bog‘laydigan 5 ta ekspress yo‘nalish tashkil etiladi.

1 iyuldan boshlab, Samarqand viloyati budjetidan shahar transportiga subsidiya ajratish yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, Pastdarg‘om va Bulung‘ur tumanlarini Samarqand shahri bilan bog‘laydigan elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish taklifi ham bildirildi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!