Tesla avtomobillari chuqurdan qochishni o‘rgandilar

Tesla avtomobillari chuqurdan qochishni o‘rgandilar

Tesla avtomobillari endi yo‘l bo‘ylab notekislik va chuqurliklarni skaner qila oladi. Bu haqda Electrek nashri xabar bermoqda.

OAV vakillari e’tiborni Tesla dasturiy ta’minotining 2020.20 sonli yangilanishiga qaratdi. Unga ko‘ra, Adaptive Suspension yordamida mashinaning haydash balandligi yaqinlashib kelayotgan notekliklarga moslashadi. Agar yo‘lda tepalik yoki chuqur ko‘rinishidagi to‘siq paydo bo‘lsa, mashina avtomatik ravishda sozlanadi.

Yangi funksiya faqat yangi Model S va Model X kabi adaptiv tizimli Tesla avtomobillarida paydo bo‘ladi va hozircha beta rejimda ishlaydi.

Mutaxassislar elektromobillarning dasturiy ta’minot takomillashuvini ijobiy baholadilar. Avtomobil egalarining fikricha, yomon yo‘l sharoitida Tesla avtomobillarini tez-tez avtopilot rejimidan o‘chirishga to‘g‘ri keladi, chunki mashinalar to‘siqlarga duch keladi.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!