Tesla elektromobillarini zaryad qurilmasisiz sotishni boshladi

Tesla elektromobillarini zaryad qurilmasisiz sotishni boshladi

Tesla o'z elektromobillariga bepul zaryadlovchi qurilmalar taklif qilishni to'xtatdi. Bu haqda Twitter foydalanuvchilari xabar bermoqda.

Yangilikni birinchilardan bo‘lib Tesla_Adri taxallusi ostidagi Twitter foydalanuvchisi payqadi. Muallifning qayd etishicha, Tesla internet-do‘konini yangilagan, unga ko‘ra simli zaryadlovchi qurilma elektromobilga kiritilmaydi.

Avtomobil ishqibozlari Tesla avtomobillarni zaryad qurulmasisiz sotishni boshlagani haqidagi xabarga asosan salbiy munosabatda bo'lishdi.

DblCapCrimpin taxallusi ostidagi foydalanuvchi brendning elektromobillarini iPhone bilan solishtirdi. Sababi, 2020-yildan boshlab Apple smartfonlarni quvvatlantiruvchi adapter bilan jihozlashni to‘xtatgan edi.

17-aprel kuni Tesla bosh direktori Ilon Mask foydalanuvchilarning shikoyatlariga javob berdi. Tvitterda Mask elektr avtomobil egalari alohida qurilmadan kamdan-kam foydalanishini ko'rsatuvchi ichki statistik ma'lumotlarni keltirdi, ular devorga zaryadlovchi yoki Supercharger stantsiyalarini afzal ko'rishadi. Tadbirkorning aytishicha, zaryadlovchi qurilmaning narxi 200 dollarga tushadi.

Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!

Мавзу:

#Tesla