Tesla Kremniy vodiysidagi ofislaridan birini yopadi va 200 ga yaqin xodimini ishdan boʻshatadi

Tesla Kremniy vodiysidagi ofislaridan birini yopadi va 200 ga yaqin xodimini ishdan boʻshatadi

Amerikaning Tesla Inc kompaniyasi Kremniy vodiysidagi ofislaridan birini yopadi va 200 ga yaqin xodimini ishdan boʻshatadi, deya xabar berdi The Wall Street Journal nashri.

Kompaniya xodimlariga avtopilot haydovchilarga yordam berish tizimini takomillashtirayotgan San-Mateo ofisini yopishini va ofis xodimlarining yarmidan koʻpini (taxminan 200 kishi) ishdan boʻshatishini aytdi. Ishdan boʻshatishlar soatbay va ishbay ishlaydigan xodimlarga taʼsir qilishi aytilmoqda. Shu bilan birga, ofisning boshqa xodimlari kompaniyaning boshqa boʻlinmalarida ishlashlari mumkin.

Avvalroq Tesla rahbari Ilon Mask global iqtisodiyotdagi vaziyatdan xavotirlar fonida kompaniya xodimlarining 10%ini qisqartirishni rejalashtirayotganini maʼlum qilgandi. Maskning aniqlik kiritishicha, ishdan boʻshatish elektromobillar va akkumulyatorlar, shuningdek, quyosh batareyalari ishlab chiqaruvchi ishchilarga taʼsir qilmaydi.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.

Мавзу:

#Tesla