Toshkent metropoliteni aholidan jetonlarni sotib oladi

Toshkent metropoliteni aholidan jetonlarni sotib oladi

Xabar berilishicha, 15-apreldan boshlab jetonlar amaldagi yo’l haqi asosida (1400 so’m) sotib olinadi.

Toshkent metropoliteni tomonidan aholidagi mavjud jetonlar 2022-yilning 15-aprel sanasidan boshlab amaldagi yo‘l haqi asosida “Toshkent metropoliteni” DUK ma’muriyati tomonidan xarid qilinadi. Bu haqda kompaniya telegram kanalida xabar beriladi.

Amaldagi yo’l haqi 1400 so’mni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun: 2020- yilning noyabr oyidan boshlab Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar uchun jetonlarni sotish to‘xtatilib, avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etilgan edi.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#Метро