Uzbekistan Airports saytida onlayn tablo ishga tushdi

Uzbekistan Airports saytida onlayn tablo ishga tushdi

“Uzbekistan Airports” saytida onlayn tablo ishga tushdi, deya xabar bermoqda kompaniyaning matbuot xizmati.

Bu bilan rasmiy sayt orqali O‘zbekistonning 11 ta xalqaro aeroportidagi muntazam xalqaro va ichki reyslarning jo‘nab ketish yoki kelishini kuzatish mumkin bo‘ladi.

Yo‘lovchilar va kutib oluvchilarga qulaylik yaratish maqsadida har bir reys haqida onlayn tabloda real vaqt rejimida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

  • sana;
  • vaqt;
  • parvoz raqami;
  • aviakompaniya nomi;
  • yo‘nalish;
  • terminal;
  • bortga chiqish eshigi;
  • parvoz holati (jo‘nab ketgan taqdirda);
  • lenta raqami;
  • bagajni qabul qilish vaqti (kelishda).

Onlayn tablo ilgari joriy qilingan AODB (Aeroport Operational Database) aeroport operatsion bazasini yuritish tizimi va aviakompaniyalar bilan slotlarni muvofiqlashtirish va jadvallarni yaratish uchun Slot (Slot Management System) quyi tizimining bir qismi hisoblanadi.

Onlayn tabloga havola orqali o‘tish mumkin.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#самолёт