Volvo va Porsche Rossiyada fuqarolarga mashina berishni to‘xtatdi

Volvo va Porsche Rossiyada fuqarolarga mashina berishni to‘xtatdi

Volvo rossiyaliklar uchun avtomobillarga obuna bo‘lishni ta’qiqlab qo‘ydi. Tegishli xabar kompaniya tomonidan o‘z mijozlariga yuborilgan.

“Sizlarga obuna ilovalari vaqtinchalik to‘xtatilganligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi Volvo Car Drive xabarida.

Volvo Car Drive obuna dasturi Rossiyada 2019 yilda ishga tushirilgan. Bu dastur orqali belgilangan oylik to‘lov evaziga yangi XC40, XC60 yoki XC90 krossoverini bir yilga ijaraga olish mumkin.

Porsche, shuningdek, Porsche Drive avtomobillarini ijaraga berish xizmatini ham to‘xtatdi. Bu mart oyi boshida sodir bo‘ldi, deya xabar beradi «Porshe Sentr Rublevskiy» dilerlik markazida.

Мавзу:

#Volvo#Porsche