Yevropada «Yil avtomobili» tanlandi

Yevropada «Yil avtomobili» tanlandi

Yevropada «Car of the Year» («Yil avtomobili») tanlovining g‘olibi e’lon qilindi. Hakamlar Jeep Avenger ixcham yo‘ltanlamas (krossover)ini Yevropaning 2023-yildagi eng yaxshi mashinasi, deya e’tirof etishdi.

Avenger uchun 57 nafar hakam jami 328 ball berdi.

Ikinchi o‘rinda — yana bir yo‘ltanlamas — Volkswagen ID.Buzz elektr krossoveri, uchinchi — Nissan Ariya. Keyingi o‘rinlarda — Kia Niro, Renault Austral, Peugeot 408, Subaru Solterra va Toyota bZ4X.

«Yil avtomobili» tanlovida mashinalarni Yevropaning 22 mamlakatidan 57 nafar avtomobil jurnalisti baholadi. Bu yil tanlovga 60 yil to‘ldi.

Stellantis konserniga qarashli Jeep brendi o‘z tarixida birinchi marta ushbu tanlov g‘olibi bo‘ldi.

Jeep Avenger — 156 ot kuchiga ega elektr motor o‘rnatilgan ixcham yo‘ltanlamas bo‘lib, bir quvvat olishda 400 kilometrgacha yo‘l bosadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!