YPX xodimi jarimadan qarzingiz bo‘lsa avtomobilingizni jarima maydonchasiga olib kirib qo‘yishga haqlimi?

YPX xodimi jarimadan qarzingiz bo‘lsa avtomobilingizni jarima maydonchasiga olib kirib qo‘yishga haqlimi?

Bugungi kunda ko‘pchilikni shu savol o‘ylantirmoqda shu masalaga atroflicha to‘xtalamiz.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga asosan Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, transport vositasi jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasiga binoan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi deb belgilangan.

Ya’ni bu yerda sizning avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirish uchun 2 ta asos bo‘lishi kerak.

1.  Sizga jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarimani to‘lanmagan bo‘lishingiz kerak. (jarimani to‘lashning 60 kunlik muddati o‘tmagan bo‘lsa ham olib kira olmaydi )

2. Transport vositasi jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasi bo‘lishi kerak.

❗️ Ya’ni YPX xodimi og‘zaki gap bilan sizni qarzingiz bor ekan avtomobilingizni jarima maydonchasiga olib kiramiz deya olmaydi. Qachonki qo‘lida vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasi bo‘lsagina avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirishi mumkin.

Qo‘lida qarori bo‘lmasa avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirishiga yo‘l qo‘ymang. Jarima maydoniga olib kirish to‘g‘risidagi raxbarning yozma ko‘rsatmasini talab qiling. 

❗️ Raxbarning yozma ko‘rsatmasisiz avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirishi noqonuniy.