YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishda qanday huquqlarga ega?

YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishda qanday huquqlarga ega?

👉 nizomda ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra transport vositasini to‘xtatish, undan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni, transport vositasiga, shuningdek, tashilayotgan yuklarga oid hujjatlarni tekshirish;

👉 haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaxs bilan birgalikda transport vositasini va yuklarni tashqi ko‘zdan kechirish;

👉 yo‘l harakati qatnashchilarining hujjatlarini tekshirish maqsadida elektron ma’lumotlar bazasidan foydalanish;

👉 yo‘l transport hodisasi va boshqa huquqbuzarlik sodir etilganligining guvohi bo‘lgan yo‘l harakati qatnashchilarini aniqlash;

👉 tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish (chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa vakolatxonalarga, xalqaro tashkilotlarga tegishli bo‘lgan transport vositalari hamda maxsus mo‘ljallangan transport vositalari bundan mustasno);

👉 transport vositasining dvigatel va agregat qismlarining raqamlarini ro‘yxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan haydovchining bevosita ishtirokida solishtirish (haydovchining ishtirokini ta’minlash imkoni bo‘lmagan holatlar bundan mustasno);

👉 transport vositasini ta’qib qilish yoki kuzatish;

👉 jinoyat sodir etganligi uchun ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan hamda qidiruvda bo‘lgan shaxslarni ushlab turish;

👉 jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni, transport vositasida huquqbuzarlik sodir etib hodisa joyidan yashiringan, YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan, shu bilan birga, qonun hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa holatlarda transport vositalarini ushlab turish;

👉 alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda bo‘lgan, transport vositasini boshqarish uchun tegishli hujjatlari bo‘lmagan, ruhiy holati yoki sog‘lig‘i transport vositasini boshqarishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan, nosoz transport vositasini boshqarayotgan shaxslarni, transport vositasini boshqarishdan chetlashtirish, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini olib qo‘yish, transport vositasini saqlab turadigan maxsus ajratilgan joyga qo‘yish uchun olib borilishini ta’minlash;

👉 qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni qo‘llash.

❗️E’TIBOR BЕRING. YPX xodimlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.✅ Asos: "Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida"gi NIZOMning 12-bandi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!