YPX xodimiga pora taklif qilgan haydovchi qoʻlga olindi

YPX xodimiga pora taklif qilgan haydovchi qoʻlga olindi

Joriy yilning 9-iyun kuni Zarafshon shahar hududidan oʻtgan A-379 avtomagistral yoʻlida YPX inspektori safdor Sherqul Boqiyev odatdagi kabi nazorat tadbirlarini olib borayotgan edi.

Shu maqsadda «Yutong» rusumli avtobus toʻxtatilib tekshirilganda, haydovchi avtomobil boshqarish huquqini beruvchi hujjatni taqdim etolmadi. Boz ustiga undan spirtli ichimlik hidi anqib turgani sabab ekspert tekshiruvi amalga oshirildi. 

Tasdigʻini topgan tekshiruv hamda rasmiylashtirilgan bayonnoma asosida avtobus jarima maydoniga joʻnatildi. Paytavasiga qurt tushgan avtobus haydovchisi mashinasini jarima maydonidan olib chiqish choralarini izladi va YPX xodimiga telefon orqali aloqaga chiqib muammosini ijobiy hal etishi evaziga 300 AQSH dollari vaʼda qildi.

Safdor Sherqul Boqiyev haydovchiga bir necha marta mazkur harakatlari jinoiy javobgarlikka olib kelishini aytsada, pora taklif qilishda davom etdi.

IIV SHXBB Navoiy viloyati boʻyicha boʻlimi hamda Zarafshon shahar prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tezkor tadbir davomida haydovchi safdor Sh.Boqiyevga 4 million soʻm pullarni berayotgan haydovchi daliliy ashyolar bilan qoʻlga olindi.

Ayni paytda gumonlanuvchiga nisbatan Zarafshon shahar prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!