Elеktromobillarning krеdit foizi davlat tomonidan qoplanishi mumkin
Prezident huzurida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda:
➖respublikada ishlab chiqarilgan elektromobillarni utilizatsiya yig‘imidan, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, jihozlari, xomashyo materiallarini bojxona bojidan ozod etish mo‘ljallanmoqda.
➖ishlab chiqarish jarayoni to‘liq yo‘lga qo‘yilguncha investorlarga muayyan miqdordagi elektromobillarni imtiyozli shartlar asosida olib kirishga ruxsat berish taklif etilmoqda.
➖O‘zbekiston elektromobillarini sotib olish uchun olinadigan kredit foizlarining ma’lum bir qismi davlat tomonidan qoplab berilishi ko‘zda tutilmoqda.
➖2023-2025 yillarda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar va davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan korxonalarning elektromobillar xarid qilishi ham qo‘llab-quvvatlanadi.
➖Elektromobillarda yo‘lovchi tashish xizmati ko‘rsatuvchi shaxslarga litsenziya uchun davlat boji to‘lashda yengillik beriladi.