BYD HAN EV 2 WD- Salobatni sevadiganlar uchun
Yurtimizda elektromobil savdosi bilan shug‘ullanuvchi avtosalonlar soni kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Ulardan dunyodagi mashhur ishlab chiqaruvchilarning turli rusumdagi elektromobillarini xarid qilishingiz mumkin. Saytimizning youtubedagi kanalida ushbu elektromobillarning sharhini muntazam berib bormoqdamiz. Poytaxtimizdagi SST MOTORS avtosalonida o‘z xaridorini kutayotgan BYD HAN EV 2 WD elektrosedani aynan salobatni sevadigan avtoishqibozlar uchun.
Elektromobil tarixi
2019-yilning aprel oyida BYD e-SEED GT gibrid superkarining konsepti taqdim etilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay 2020-yilning 21-30-aprel kunlari Pekinda o‘tkazilgan avtomobil shousida yangi HAN rusumining 2 xil ya’ni gibridli va elektromobil modifikatsiyalari namoyish etildi. 2020-yilning dekabr oyida esa dastlabki xorijiy bozor bo‘lgan O‘zbekistonga ya’ni yurtimizga yetkazib berila boshlandi.
Tashqi ko‘rinishi
Elektrosedanning tashqi ko‘rinishi bir qarashda Tecla S Plaidni yodingizga solsa-da, u o‘zining noyob qiyofasiga ega. Elektromobilning old qismi xromdan ishlangan soxta radiator panjarasi va diod yoritgichli chiroqlari bilan alohida ajralib turadi. Shuningdek uning old va orqa bamperlari ham takrorlanmas uslubda ishlangan. Old bamperning ikki chetida aeerodinamikaga katta hissa qo‘shuvchi uchburchak tuynuklar mavjud.
Elektromobil kuzovining gabarit o‘lchamlari:
Uzunligi 4980 Eni 1920 Balandligi 1495
Ichki ko‘rinishi
BYD HAN EV 2 WD saloni minimalizm va funksionallikni o‘zida birlashtirgan bo‘lib ichki bezaklarning barchasi qimmatbaho materiallardan ishlangani bilan kishi diqqatini o‘ziga tortadi.
Salonda dastlab ko‘zingiz tushadigani bu uskunalar panelidir. Uskunalar panelida o‘lchami 12 dyuym bo‘lgan displey joylashgan. Uning markazida harakatlanish tezligi to‘g‘risidagi, har ikki chetida bosib o‘tilgan masofa va akummulyator quvvati haqidagi ma’lumotlar aks etib turadi.
Displeyning yuqori qismida esa haydovchi tanlagan tezlik rejimi namoyon bo‘ladi.
Uskunalar panelining markazini esa multimedia tizimining kattagina displeyi egallagan bo‘lib uning yon tomonlarida diodyoritkichli chiziqlar mavjud. Uning pasti esa funksional blok hisoblanib bu yerda transmissiya joystigi, harakatlanish rejimini nazorat qilish va boshqa funksiyalarni bajaruvchi tugmalar joylashgan.
Axborot ko‘ngilochar tizimi Android tizimi bazasida qurilgan. Ushbu qurilma 8 yadroli protsessor va 3 gbli operativ xotiraga ega. Suyuq kristalli displeyning o‘lchami 15,6 dyuym bo‘lib, Bluetooth va Wi-Fi bilan hamohang ishlaydi. Shuningdek haydovchiga yordamlashuvchi DePilot tizimi ham mavjud. Elektromobil yukxonasi sig‘imi 500 litrni tashkil etadi.
Elektromobil saloni 5 kishiga mo‘ljallangan. O‘rindiqlar uchun sifatli Nappa charmidan foydalanilgan. Juda qulay va hashamatli ishlangan o‘rindiqlar sizga elektromobilning haqiqiy biznes toifasiga mansub ekanini anglatib turadi.
Elektromobilning tezligi
Ushbu elektromobilning eng yuqori tezligi 185 km/sni tashkil etadi. 100 km/s tezlikka esa bor yo‘g‘i 3,9 soniyada erisha oladi. Bunday tezkorlikka erishish nafaqat kuchli dvigatel tufayli, balki yuqori samarali invertorning mavjudligi bilan ham xarakterlanadi. U kremniy karbididan tayyorlangan bo‘lib energiya quvvatini 58% gacha ko‘tarib beradi.
Akkumulator va bosib o‘tish masofasi
Elektrosedan kuzovining pastki qismida litiy-temirdan ishlangan Blade Battery akkumulatori joylashgan. U kompaniyaning tajribali ishchilari tomonidan yaratilgan bo‘lib xavfsizligi, xavfli vaziyatlarda ham yonib ketmasligi va foydalanish muddatining uzoqligi bilan o‘z raqobatchilaridan ancha ustunlikka ega.
Osmalar va transmissiya
Transmissiya sifatida burash lahzasini barcha g‘ildiraklarga to‘g‘ri va samarali taqsimlash imkonini beruvchi 1-bosqichli reduktordan foydalaniladi. Old osmaga vaqt sinovidan o‘tgan MakFerson stoykalari o‘rnatilgan. Orqa osma esa mustaqil ko‘p richagli. Osmalar turli zarba va tebranishlarga barham berish orqali notekis yo‘llarda ham o‘zingizni xuddi trassada harakatlanayotgandek his qilishingizga imkon beradi. Maktab va bog‘chalar yonida yo‘llarda o‘rnatish urf bo‘lgan sun’iy notekislik (lejachiy politseyskiy) lardan uncha sekin bo‘lmagan tezliklarda ham o‘tish muammo emas.
Rul boshqaruvi va tormoz tizimi
Rul chambaragi elektrokuchaytirgich yordamida ishlaydi. Shu bois avtomobilni boshqarish juda yoqimli. Brembo tormoz tizimi esa sizni hattoki yuqori tezlikda ham samarali va xavfsiz to‘xtay olishingizga imkon beradi. Elektromobil ABS, EBD, BAS, ESP, TCS kabi zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan ham jihozlangan. Elektromobil 3 ta modifikatsiyada (Luxury, Premium, Flagship) ishlab chiqarilgan bo‘lib, Nissan Leaf, Tesla Model S, Xpeng P7, Porsche Taycan 4Slar bilan bemalol raqobatlasha oladi.
Jadvalda BYD HAN EV ning to‘liq tortuvchi raqobatchilari bilan texnik xarakteristikasi taqqoslangan
Rusumi |
BYD HAN EV (Flagship) |
Porsche Taycan 4S |
Tesla Model 3 |
Dvigatel quvvati |
495 о.k. |
530 о.k. |
480 о.k. |
Akkumlyator sig'imi |
76,9 kVt*s |
79,2 kVt*s |
75 kVt*s |
To'la quvvat bilan bosib o'tiladigan masofa |
650 km |
407 km |
500 km |
Eng yuqori tezligi |
185 km/s |
250 km/s |
250 km/s |
100km/s tezlikka erisha oladigan vaqt |
3,9 soniya |
4 soniya |
3,5 soniya |
BYD HAN EV 2 WD avtomobilining to'liq obzorini ushbu manzil orqali ko'rishingiz mumkin: VIDEO