Qarzdorlik mavjud transportlar stansionar postlarda to‘xtatiladi
Hukumat qarori (377-son, 08.07.2022 y.) bilan Yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida “Yashil” va “Qizil” yo‘lak tamoyili asosida harakatlanish tartibini joriy etish to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
📌 Nizomga ko‘ra, transport vositalarining harakati foto va video qayd etish qurilmalari orqali qayd qilinib, haydovchilarga yorug‘lik diodli ekran orqali ishora berish yo‘li bilan tartibga solinadi.
🔎 Ekranda aks ettirilmagan yoki “Yashil” yo‘lak bo‘ylab harakatlanish haqida ishora berilgan transportlar “Yashil” yo‘lak bo‘ylab to‘siqsiz harakatlanadi.
❗️“Qizil” yo‘lakdan harakatlanishi buyurilgan transport vositalari bo‘yicha harakat qatnashchilarining hujjatlari elektron ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda tekshiriladi. Aniqlangan qarzdorliklar bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, ularning harakatini davom ettirishiga ruxsat beriladi.
✅ Qarzdorlik to‘lanmagan hollarda transport vositalari maxsus to‘xtash joylariga joylashtiriladi.
🔘 Qarzdorlik aniqlangan transportlarga bir nechta hollarda, jumladan, qarzdorlikka asos bo‘lgan qoidabuzarlik yuzasidan sudga murojaat qilinganda yoki ish sudda ko‘rilayotganda harakatni davom ettirishga ruxsat beriladi.