Qozog‘istonda retro avtomobillar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Qozog‘istonda retro avtomobillar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Qozog'istonning Nur-Sulton shahrida retro avtomobillar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Kazinform.

QR Qurolli Kuchlari davlat harbiy-tarixiy muzeyida retro avtomobillar va harbiy texnika maketlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Mudofaa vazirligiga qarashli Harbiy-texnika bilim yurtlarining tashkil topishiga bag‘ishlandi.

Tashrifchilar ochiq osmon ostidagi avtomobillarga qiziqish bildirmoqda. Maydonda o‘tgan asr o‘rtalarida ishlab chiqarilgan 20 ga yaqin harbiy va boshqa texnika namunalari namoyish etildi.

Muzey binosida boshqa eksponatlarni ham ko‘rishingiz mumkin. «Bu yerda harbiy texnika namunalari, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi janglari dioramalari aks ettirilgan ekspozitsiyalar mavjud.

Milliy harbiy-vatanparvarlik markazi harbiy orkestri va Markaziy harbiy ansambl ijodiy jamoalari ko‘rgazmani tomosha qilish uchun kelganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi», - deyiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#ретро