Renault Avstraliya bozorini zabt etmoqchi
Ma’lumki, Eron Rossiya bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Renault guruhi esa hamyonbop Dacia rusumlari bilan Avstraliya bozorini zabt etishga tayyorlanmoqda. Ushbu avtomobillar Avstraliyada Renault brendi ostida sotilishi ko‘zda tutilgan. Duster ushbu bozorda sotuvga chiqariladigan ilk avtomobil bo‘ladi. Undan keyin esa Bigster hisobiga rusumlar qatori to‘ldiriladi.
Avstraliyada pikaplarni juda yaxshi ko‘rishadi. Demak, Avstraliya bozoriga Renault ishlab chiqaruvchisi taklif qiladigan uchinchi avtomobil shubhasiz Duster bazasidagi Oroch pikapi bo‘ladi. To‘rtinchisi esa Sandero avtomobili. Yillik hajmi 1,2 million avtomobil savdosini tashkil qiluvchi Avstraliya bozorida 69 ta raqobatchi brend mavjud.
Taqqoslash uchun: 2021-yilda Fransiyada 1,66 millionga yaqin yangi avtomobillar sotilgan.