Andijonda IIB xodimi avtomobilida ikki fuqaroni urib yubordi. Ulardan biri vafot etgan

Andijonda IIB xodimi avtomobilida ikki fuqaroni urib yubordi. Ulardan biri vafot etgan

9-dekabr, payshanba kuni soat 22:00 larda Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimi E.M. xizmatdan so‘ng Asaka tumani, Qashqar MFY hududidan o‘tuvchi 4R-112E avtomobil yo‘lining 2-kilometrida Spark rusumli avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda avtomobil ko‘prigi ustidagi muzlamada transport vositasi sirpanib ketgan va rul boshqaruvini yo‘qotib qatnov qismining chetidan ketayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan.

Natijada, 1994-yilda tug‘ilgan piyoda M.K. olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, 2004-yilda tug‘ilgan piyoda A.K. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 - moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Мавзу:

#ЙТҲ