Avtomobilni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Avtomobilni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uning egasi yoki vakili hududiy YHXDX organlariga mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan quyidagi hujjatlarni topshiradi:

➖ avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining belgilangan namunadagi arizasi;

➖ avtomototransport vositasi egasining yoki uning vakili shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

➖ avtomototransport vositasining avvalgi egasiga berilgan avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma;

➖ avtomototransport vositasiga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat;

➖ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga belgilangan miqdordagi yig‘imlarni to‘laganlik to‘g‘risida va YHXDX organlarining ro‘yxatga olish bilan bog‘liq xizmatlarini to‘laganlik haqidagi bank to‘lov hujjati (yig‘imlar va to‘lovlardan ozod etilgan shaxslar bundan mustasno).

Asos: "Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 16 bandi

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!

Мавзу:

#қоида