Dushanbe — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha poyezdlar qatnovi qachondan tiklanishi maʼlum boʻldi

Dushanbe — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha poyezdlar qatnovi qachondan tiklanishi maʼlum boʻldi

Toshkentdan Dushanbegacha temir yol orqali boʻlgan masofa 916 km.ni tashkil etadi. Poyezd 21 soat davomida harakatlanadi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari"ning xabar berishicha, mazkur yoʻnalishdagi ilk qatnov sanasi maʼlum.

Qayd etilishicha, 2022-yil 20-iyundan boshlab 301/302-sonli “Dushanbe — Toshkent — Dushanbe” yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdi harakatlanishni boshlaydi.

Mazkur poyezd Dushanbedan haftaning dushanba kunlari joʻnab ketadi va seshanba kunlari soat 13:43da Toshkentga yetib keladi.

 

Toshkentdan haftaning har seshanba kuni soat 16:15da joʻnab ketib, Dushanbega chorshanba kuni yetib boradi.

Maʼlumot uchun, Toshkentdan Dushanbegacha temir yoʻl orqali boʻlgan masofa 916 km.ni tashkil etadi. Poyezd 21 soat davomida harakatlanadi.

301/302-sonli “Dushanbe — Toshkent — Dushanbe” yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdi 10 ta vagondan: 4 kupe, 5 platskart va vagon-restorandan iborat.

Sotuv muddatiga qarab chegirmalarni hisobga olgan holda chipta narxi 381 476 soʻmdan boshlanadi. Сhiptalarini temir yoʻl kassalaridan yoki www.chipta.railway.uz, www.e-ticket.railway.uz saytlari orqali xarid qilish mumkin.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.

Мавзу:

#поезд