Eng qimmat benzinga ega mamlakat nomi e’lon qilindi

Eng qimmat benzinga ega mamlakat nomi e’lon qilindi

Turkiya 2022-yilning birinchi yarmida benzin narxi o‘sishi bo‘yicha 100 foizlik o‘sishni qayd etib, yetakchi bo‘ldi. Undan keyin Ukraina (63,3 foiz) va Moldova (53 foiz) joy olgan. Bu haqda Picodi.com manbasi xabar bermoqda.

Qo‘shma Shtatlar oltinchi o‘rinda qoldi, bu yerda yoqilg‘i narxi 40,5 foizga oshdi. Xitoyda o‘sish 28,3 foizga yetdi. Rossiyada yoqilg‘i narxining oshishi inflyasiyadan sezilarli darajada past bo‘lib chiqdi - 0,3 foiz. Ozarbayjon va Saudiya Arabistonida narxlar o‘zgarmagan, Qozog‘iston esa narxlar 0,7 foizga tushgan yagona davlat deb topilgan.

Mutlaq ma’noda Rossiyada benzin Yevropadagi eng arzonlaridan biri bo‘lib qolmoqda, dollarga nisbatan u litri uchun 0,89 dollarga teng. Biroq, ish haqi hisobga olinsa, ruslar uchun yoqilg‘i yevropaliklar yoki Fors ko‘rfazi mamlakatlari aholisiga qaraganda ancha qimmat.

Oyiga 52 288 rubl daromadga ega (soliqlardan keyin) o‘rtacha rossiyalik 1011 litr benzin sotib olishi mumkin, Shveysariya, Lyuksemburg va Daniyada bu ko‘rsatkich mos ravishda 2455, 1942 va 1502 litrni tashkil qiladi. Qatarda fuqaro oyiga 5968 litr, Quvaytda 5578 litr, Saudiya Arabistonida 4372 litr suv sotib olishi mumkin. Eng yomoni, benzin bilan bog‘liq vaziyat Kubada. Ozodlik orolida yashovchi fuqaro oyiga atigi 27 litr benzinga ega.

Eng past benzin narxi Jazoirda (litriga 31 sent), Quvaytda (34 sent) va Eronda (35 sent) saqlanib qolgan. Gonkongdagi eng qimmat yoqilg‘i - litri uchun 3 dollar.

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!

Мавзу:

#бензин