Intellektual tizimlarni o‘zida jamlagan elektromobil

Intellektual tizimlarni o‘zida jamlagan elektromobil

Poytaxtimiz ko‘chalarida elektromobillarning harakatlanishi  odatiy holga aylanib bo‘ldi. O‘z faoliyatini boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan Trianon motors avtosaloni ham  yurtdoshlarimiz uchun taniqli ishlab chiqaruvchilarning elektromobillarini taqdim etmoqda. Ular orasida Xitoydagi yirik ishlab chiqaruvchi Geely kompaniyasining  Geometry C elektromobili bir qancha qulayliklari bilan alohida ajralib turadi. Shu bois ushbu elektroxetchbek haqida  batafsil ma’lumot berishga harakat qildik.

Geely Geometry C elektromobili tashqi ko‘rinishidan  bir qarashda odatdagi Lada Vesta avtomobilini eslatadi. Chunki u ichki yonuv dvigatelli Geely Emgrand GS krossoveri bazasida ishlab chiqarilgan. Biroq elektromobilga diqqat bilan nazar tashlasangiz, uning  ustunliklarini  yaqqol his qilasiz. 

Geely Geometry Cning odatdagi jamlami  sig‘imi  53 kVt/s bo‘lgan akkumulator bilan jihozlangan. Bu   akkumulator  to‘la quvvat bilan elektromobilning 400 km.  masofani bosib o‘tishiga imkon beradi. Biroq  Geely Geometry Cning aynan  poytaxtimizdagi Trianon motors avtosalonida sotilayotgan modifikatsiyasi esa sig‘imi 70 kVt/s. bo‘lgan akkumulator bilan jihozlangan va bu elektromobilda siz hech qiynalmasdan 550 km. masofani bosib o‘tishingiz mumkin.    Elektroxetchbek 204 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, uning burash lahzasi  310 Nm. ga teng.  Eng yuqori tezligi esa 150 km/s. Elektromobil o‘rtacha 6,9 soniya ichida  100 km/s tezlikka chiqa oladi.

Elektromobil uch xil tezlik rejimida harakatlanadi. Sababi SPORT rejimida  oyog‘ingiz gaz tepkisiga tegar-tegmas  o‘rindiqqa  “mixlanishingiz” turgan gap.  Tejamkorlikni hush ko‘ruvchilar esa ECO+  rejimida ohista harakatlanishi mumkin. Odatdagi rejim esa shahar ichida  harakatlanish uchun juda qulay.  Svetoforning yashil chirog‘ida   elektromobilni joyidan qo‘zg‘atish va  ko‘z ochib yumguncha  70 km/s tezlikka erishish, shuningdek kutilmaganda tezkor to‘xtash mumkin.

Geely Geometry C inter’erida asosan kishi ko‘zini charchatmaydigan  ranglar, asosan, qora rangdan foydalanilgan. Uskunalar panelida odatdagi tablo vazifasini bajaruvchi  5 dyuymli ekran va  o‘rtadagi 12.3 dyuymli  multimedia tizimi  haydovchi uchun yaratilgan qulayliklardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari elektromobilning  360 darajada ya’ni aylanasiga  tevarak atrofning  to‘rtta kamera yordamida olinadigan yuqori  sifatdagi tasvirini old oynada aks ettirib berish funksiyasi bu-ishlab chiqaruvchilarning eng katta yutug‘i ekanini e’tirof etish lozim.

Elektroxetchbek CSS Combo 2 zaryad olish qurilmasi bilan jihozlangan. Bu esa  sizga elektromobilni xonadoningizdagi odatdagi rozetkada va tezkor zaryad olish stansiyalarida quvvatlantirish imkonini beradi.  Shuningdek,  smartfonlar va portativ qurilmalarni simsiz quvvatlash qurilmasi esa nafaqat haydovchilar,  balki yo‘lovchilar uchun  yaratilgan ajoyib qulayliklardan biridir.  Elektromobilda tezkor quvvatlash tizimi ham mavjudligi tez-tez uzoq safarga otlanuvchilar uchun juda qo‘l keladi. Ushbu tizim orqali bor-yo‘g‘i 30 daqiqada  siz akkumulatorni 80% gacha quvvatlab olishingiz mumkin.

Elektroxetchbek diodchiroqli optika bilan jihozlangan. Elektromobilning panoramali tomi ham o‘zgacha ishlangan. Xetchbek o‘zida ko‘plab intellektual tizimlarni jamlagani bilan ham ahamiyatlidir. Ular jumlasiga  faol kruiz-nazorat, o‘zi harakatlanayotgan yo‘l tasmasidan boshqasiga chiqib ketishning oldini olish,  yo‘l belgilarini o‘qiy olish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy to‘qnashuvdan ogohlantirish, avtomatik ravishda tezkor to‘xtash,  chiroqlarni intellektual nazorat qilish kabi  20 dan ortiq tizimlar kiradi. Elektromobilga 18 o‘lchamli g‘ildiraklar o‘rnatilgani bois, u uncha-muncha “yama”larni pisand qilmaydi.

Quyida siz ushbu elektromobil haqidagi videoni tomosha qilishingiz mumkin: видео

Gabarit o‘lchamini  o‘xshash avtomobillar bilan taqqoslash

Model

uzunligi

kengligi

balandligi

Geely Geometry C

4432 mm

1833 mm

1560 mm

Chevrolet Tracker 2022

4270 mm

1791 mm

1627 mm

Kia Seltos

4370 mm

1800 mm

1615 mm

 

Transport vositasining parametrlari

                  Jamlam

C 400

С 550 Power Version

Grapefruit C 550

To‘la quvvat bilan bosib o‘tadigan masofa

400 км

550 км

550 км

Uzunligi/kengligi/balandligi (mm)

                      4432*1833*1560

G‘ildiraklar bazasi (mm.)

                                2718

Qayrilish minimal radiusi (mm.)

                                12905

Eng yuqori tezligi (km/s.)

                                150

To‘la vazni (kg.)

1545

       1665

100 km/s. tezlikka erishish vaqti (soniya)

6.9

         7

Yukxona sig‘imi

                             340-1150

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#Geely