LOT Polish Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni rejalashtirmoqda

LOT Polish Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni rejalashtirmoqda

“LOT Polish Airlines” aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.

Yoʻlga qoʻyiladigan parvozlar orqali Toshkent va Varshavani toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻlash imkoniyati paydo boʻladi.

Qayd etilishicha, birinchi yo‘lovchi charter reysi 2023-yil 10-martga mo‘ljallangan va reyslar Boeing 787 samolyotlarida har 10 kunda bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

LOT Polish Airlines” — shtab-kvartirasi Varshavada joylashgan Polsha aviakompaniyasi. Aviakompaniya dunyodagi qadimgi, yirik va vakillari koʻp alyans — “Star Alliance” a’zosi hisoblanadi.

Мавзу:

#парвоз