Namanganda 7-sinf o‘quvchisi avtomobilda tengdoshini bosib ketdi

Namanganda 7-sinf o‘quvchisi avtomobilda tengdoshini bosib ketdi

O‘zbekiston IIV YHXX axborot xizmati Namanganda maktab o‘quvchisi avtomobilda noqonuniy harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida o‘z tengqurini bosib ketgani haqida xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2022-yil 20-may kuni soat 14:45larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani «Kushon MFY» Hurriyat ko‘chasida «Vaz-2106» rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotgan 2008 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan bola (tumandagi 5-sonli maktabning 7-sinf o‘quvchisi) boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning o‘ng chetida ketayotgan piyoda, 2008-yilda tug‘ilgan X.B.ni urib yuborgan.

YTH natijasida piyoda X.B. og‘ir tan jarohatlari olgani sababli shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Kosonsoy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!

Мавзу:

#авария