O‘zbekistonda avtokreditlar foizi oshdi

O‘zbekistonda avtokreditlar foizi oshdi

Keltirilishicha, ayni vaqtga kelib mamlakatning bir nechta bankida avtokreditlar qimmatlashganini ko‘rish mumkin.

Xususan:

Savdogarbank avtokreditlari 27 foizdan taklif qilinmoqda.

Xalq bankida avtokredit vaqtinchalik to‘xtatilgan bo‘lsa-da, uning yillik foiz stavkasi 26.99 % etib belgilandi.

Qishloqqurilishbankda ham shu ahvol. Avtokredit yillik 28 foiz stavkada taklif etilmoqda.

Kapitalbankda ham yuqoridagiga o‘xshash vaziyat sodir bo‘lgan. Bankning yangi mashina harid qilish uchun beradigan krediti stavkasi 26 foizgacha ko‘tarilgan.

Mikrokreditbankda ham shunday holat, ya’ni bank hozirda 27 % da avtokredit taklif qilmoqda. 

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!