"Qamchiq" dovonida 9 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo'ldi. Qurbonlar bor

Joriy yilning 10-sentabr  kuni soat 22:30larda,  Namangan viloyati, Pop tumani hududidan oʻtuvchi A-373 “Toshkent-Oʻsh” halqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlining 247-248-kilometrlar oraligʻida, “Volvo” rusumli yuk avtomobili oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan “Matiz”, “Cobalt”, “Isuzu” yuk avtomobili, “Nexia-2”, “Cobalt”, “MAN” yuk avtomobili, “Cobalt” va “Spark” avtomobillari bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan

Toʻqnashuv natijasida, 3 ta “Cobalt”, “Spark” hamda yuk avtomobillarida yongʻin kelib chiqqan va voqea joyida 3 nafar fuqaro vafot etgan. Avtomobillar salonida boʻlgan 7 nafar yoʻlovchi tan jarohati olib, Toshkent viloyati, Angren shahri hamda Namangan viloyati, Pop tumanidagi Markaziy shifoxonasiga yuborilgan. 

Ushbu YTH yuzasidan Namangan viloyati Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar berib boriladi. 

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!

Мавзу:

#авария