Reyd (maxsus) tadbirlarda o'z huquqlaringizni talab qilishni bilasizmi?

Reyd (maxsus) tadbirlarda o'z huquqlaringizni talab qilishni bilasizmi?

Maxsus tadbirlarni o‘tkazish jarayonida YPX xodimi tomonidan transport vositasi to‘xtatilganda, yo‘l harakati qatnashchisiga maxsus tadbirning aynan nima maqsadda o‘tkazilayotganligi hamda to‘xtatish sababi haqida tushuntirish berishi shart.

E’tibor bering! Maxsus tadbirlarni haqiqatda tasdiqlangan reja asosida o‘tkaziladi.

Siz bu haqida markaziy axborot-dispetcherlik xizmati (MADX) — axborot-dispetcherlik xizmatiga (ADX deb ataladi) telefon qilish yoki ushbu xodim xizmat olib borayotgan DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘iga murojaat qilish orqali ma’lumot olishingiz mumkin. 

Bunda YPX xodimi sizning talabingizga ko‘ra, MADX — ADXning telefon raqami haqida ma’lumot berishi kerak.

Siz quyidagilarni talab qilishga haqlisiz:

- maxsus tadbirlarning o‘tkazilish maqsadi;

-transport vositasini to‘xtatgan YPX xodimi maxsus tadbirda ishtirok etgan yoki etmaganligi;

-transport vositasi to‘xtatilgan hududda maxsus tadbir o‘tkazilganligi haqida ma’lumot olish huquqiga egasiz.

Yodda tuting! Maxsus tadbirning shartli nomlanishi, to‘liq mohiyati hamda ko‘lami haqida ma’lumot, shuningdek, maxsus tadbirning o‘tkazilishiga asos bo‘lgan hujjatlar ko‘rsatilmaydi, ulardan nusxalar berilmaydi.

Bu holatlarda sizni to‘xtatgan YPX xodimi xizmat olib borayotgan DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘iga murojaat qilsangiz, sizga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda asoslantirilgan javob xati berilishi shart.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 975-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.