Samarqanddagi YTHda 5 kishi vafot etdi

Samarqanddagi YTHda 5 kishi vafot etdi

13-oktabr kuni soat 19:00 M-37A aylanma avtomobil yo‘lining 37-kilometrida fuqaro 30 yoshli J.Murotov boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinasida Toshkent—Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotib, avtomashina boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishlarini ajratib turgan metall to‘siqqa to‘qnashgan.

Oqibatda haydovchi J.Murotov, yo‘lovchilar 25 yoshli Yo.Umarov, 41 yoshli R.Ergasheva, 44 yoshli A.Usmonova va 34 yoshli M.G‘oyibova tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Kun.uz’ning yozishicha, ijtimoiy tarmoqlarda hodisa joyidan olingan fotosuratlar e’lon qilindi. Ularning birida Lacetti mashinasining tezlikni o‘lchovchi uskunasi soatiga 140 kilometr tezlikda qotib qolgani tasvirlangan.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#авария