Taksichilik faoliyati o‘z-o‘zini band qiladigan faoliyat turlariga qachon kiritiladi?

Taksichilik faoliyati o‘z-o‘zini band qiladigan faoliyat turlariga qachon kiritiladi?

Bu haqda davlat rahbari topshiriq berganiga 2 yildan oshdi.

Yaqinda Rossiyada o‘zini o‘zi band qilganlar uchun soliq rejimi haqida qiziqarli raqamlarni ko‘rdim. Moskvada 1 million kishi o‘zini o‘zi band qilib, bu har oltinchi ishlaydigan aholiga to‘g‘ri keladi. Umuman olganda, Rossiyadagi qora bozor uchdan bir qismga qisqardi - uch yil ichida juda yaxshi natija. O‘zbekistonda ham shunday rejim mavjud, biroq o‘zini o‘zi band qilishga ruxsat berilgan kasblar ro‘yxati menga doim mantiqiy emasdek tuyulgan. Dizaynerlar, xalq tabiblari, cho‘ponlar bor, lekin negadir haligacha bu ro‘yxatda taksi haydovchilari yo‘q. Bu haqda juda ko‘p gapirildi, lekin alaloqibat ular ro‘yxatga kiritilmadi. Ularning boshqa kasblardan nimasi kam? Aksincha, bu maydon o‘zini o‘zi band qilish rejimi uchun yaratilganga o‘xshaydi va Rossiya tajribasi statistikasi buni tasdiqlaydi: masalan, Moskvada yetkazib beruvchilar (17%) va haydovchilar (6%) o‘zini o‘zi band qilganlar orasidagi lavozimlarda yetakchi o‘rinlarda.

Qiziqib taksi haydovchilari bilan gaplashdim, ishlar qanday ketayotganini so‘radim. Ular mashinalarni qo‘ldan sotib olishadi, negaki rasman kredit rasmiylashtira olishmaydi - tasdiqlangan daromad manbalari yo‘q. Natijada, norasmiy kredit beruvchilarga otamday foizlarni to‘lashadi - 30-40% gacha. Shu bilan birga, haydovchilarning o‘zlari soliq to‘lashning tushunarli sxemasini taklif qilishsa, shaffof ishlashdan qochishmaydi, buxgalter yollamasdan deklaratsiyalarni to‘ldirish va YATT tuzishning barcha ikir-chikirlari tushuntirilsa, bas. Umuman olganda, agar ular o‘zini o‘zi band qilsa, rasman bank orqali, pasaytirilgan foiz stavkalarida avtomobil sotib olishlari mumkin bo‘lardi. Qarabsizki, iqtisod qimirlay boshlaydi.

Manba: bakiroo

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#қоида