Toshkentda yangi ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etildi

Toshkentda yangi ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etildi

Toshkentda jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida 23 noyabrdan yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etildi. Bu haqda poytaxt Transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi ekspress avtobus yo‘nalishi Ye-1-sonli hisoblanib, u TTZ—«Mashinasozlar» metro bekati yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlarni amalga oshiradi.

Avtobus yo‘nalishi TTZdan Yuzrabot, Gulsanam, Buyuk Ipak Yo‘li, Mirzo Ulug‘bek, Taraqqiyot 2-tor ko‘chalari orqali Mashinasozlar metrosiga qadar harakatlanadi.

To‘xtash bekatlari — TTZ bozori, Buyuk Ipak yo‘li metrosi, Shifokorlar malakasini oshirish instituti, Ashxobod bog‘i.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#автобус