Yevropa Ittifoqi 2035-yilga borib benzinda ishlaydigan avtomobil sotishni taqiqlashi mumkin

Yevropa Ittifoqi 2035-yilga borib benzinda ishlaydigan avtomobil sotishni taqiqlashi mumkin

Yevroparlament a’zolari chorshanba kuni 2035-yilgacha ichki yonuv dvigatelli yangi avtomobillar sotilishini taqiqlashni yoqlab ovoz berdi, deya xabar beradi CNN kanali.

Ushbu chora hali Yevropa Kengashi tomonidan muhokama qilinishi va qonun qabul qilinishi kerak. Agar qonun tasdiqlansa, gibrid avtomobillar savdosi qisqaradi va aholi to‘laligicha elektromobillarga ko‘chadi.

Bu chora Yevropa Ittifoqining iqlim siyosatining bir qismidir. Avtomobil sanoati Yevropa iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi, yalpi ichki mahsulotning 7 foizini avtomobil sanoati tashkil etadi va 14,6 million kishini ish o‘rni bilan ta’minlaydi.

Biroq, transport issiqxona gazlari chiqindilarining o‘sishiga hissa qo‘shadigan yagona sanoatdir. 2017 yilda karbonat angidrid chiqindilarining 21 foizi yo‘l transportidan kelib chiqqan.

Buyuk Britaniya esa o‘tgan yili 2030 yildan yangi benzinli va dizelli avtomobillar sotilishini taqiqlashini, yangi gibridlar esa 2035 yilgacha sotilishini e’lon qilgan edi.

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!