Yoz oylari uchun avtomobilingizni o’rnini bemalol bosa oladigan 7 velosiped

Yoz oylari uchun avtomobilingizni o’rnini bemalol bosa oladigan 7 velosiped

Qisqa masofalarga sayohatlar to’g’risida gap ketganida, masalan dala-hovlili qishloq yoki shaharning bir tumani ichida jamoat transporti va shaxsiy avtomobil o’rnini baribir velosipeddek boshqa biror narsa bosa olmaydi.

Agar o’z velosipedingiz bo’lmasa yoki “ikki g’ildirakli dastyorni” almashtirish payti kelgan bo’lsa qanaqasini harid qilsa bo’ladi?

1. Electra Townie Balloon

1. Electra Townie Balloon
 

Bemalol uchish uchun mo’ljallangan velosiped. AQSHda ishlab chiqarilgan bu velosiped boshqalariga nisbatan ancha qimmatroq tuyulsa ham, aslida unday emas. Aniqrog’i, bu mutlaqo xato. Bu texnika mo’jizasining narxi taxminan 850 AQSH dollariga teng. Ushbu velosiped o’zining mustahkamligi va ishlatilishining o’ta qulayligi bilan farq qiladi.

2. Schwinn Cruiser One Women

2. Schwinn Cruiser One Women
 

Ayollar uchun mo’ljallangan Schwinn Cruiser One Women velosipedi

Agar velosiped uchun ko’p pul sarflagingiz kelmasa-yu, lekin sifatli narsa olgingiz kelsa,unda mana bu qiziqarli na'munaga e’tiboringizni bir qarating. Bu turdagisining narxi taxminan 220 AQSH dollari atrofida turadi. 

3. Montego Daily Ladies

3. Montego Daily Ladies
 

Biroz dag’alroq ko’rinishga ega bo’lgan Montego Daily Ladies

Golland klassik velosipedi. Bugungi kunda bu turdagisining dunyoning barcha joylarida topish mumkin. Mislsiz uzoq vaqt xizmat qiluvchi va a’lo tashqi ko’rinishga ega. Dala-hovlili qishloq yoki shaharning so’lim joylarida sayr qilish uchun juda mos keladi. Bundan yaxshiroq narx-sifat uyg’unligini topish juda qiyin. Bu turdagi velosipedning narhi 400 AQSH dollaridan salgina kamroq.

4. Shulz GOA-3 Coaster

4. Shulz GOA-3 Coaster
 

Hammabop va barcha uchun mos Shulz GOA-3 Coaster

300 AQSH dollari atrofidagi narxli mana bu velosipedni ham harid qilishingiz mumkin. Bolalar bilan birga kattalar uchun ham juda mos. O’ta o’zgaruvchan moslash tizimi va materiallarning sifatiga ega. Bir-ikki kilometr yo’l bosib o’tib sayr qilish uchun yana nima kerak?

5. Pure Fix Cycles The Golf

5. Pure Fix Cycles The  Golf
 

Pure Fix Cycles The Golf modeli haligacha juda ham ommabop va haridorgir.

Siz uchun mana bunaqa velosiped ham juda yahshi variant bo’lishi mumkin. Bu turdagi velosipedlarga bo’lgan modaning avj olish davri allaqachon o’tib bo’lgan, ammo modaning o’zidan qolib ketgani yo’q. Agar sizga haqiqatdan ham vazifasini yaxshi bajaradigan buyum va yengil harakatlanish vositasi kerak bo’lsa, bu velosiped aynan siz uchun. Uning o’rtacha narxi 300 AQSH dollariga teng. Hech ikkilanmay xaridni amalga oshirishingiz mumkin, chunki bu velosiped yaxshi parvarish qilinsa faqat sizgagina emas, hali farzandlaringizga, xatto nabiralaringizga ham beminnat xizmat qilishi mumkin.

6. Linus Dutchi 3

6. Linus Dutchi 3
 

Linus Dutchi 3 juda yaxshi tanlov

Bitta joyga jamlab aralashtirilgan minimalizm va funksionalizm namoyondasi. Narxi juda ham baland emas – 450 AQSH dollariga teng. Velosipedning dizaynida o’tgan asr fransuz modellariga nisbatan  yuksak ehtirom bajo keltirilgan. Bu model juda yengil bo’lgan ajoyib va o’ziga xos ramasi bilan jozibadordir.

7. Kross Classico II

7. Kross Classico II
 

Kross Classico II Polsha velosipedi

Juda qiziqarli polsha velosipedi. U juda chiroyli, ixcham, tarkibida o’zining fonari, hatto savatchasiga ham ega. Shu bilan birga bu velosiped juda mustahkam hamda nisbatan arzon – 330 AQSH dollari.

Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!